Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya AQŞning raketa hujumiga qarşi mudofaa tizimining Yevropada joylaştirilişiga qarşi özining yadroviy kuçlari salohiyatini mustahkamlaş uçun javob çoralari köradi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Putin Rossiya mudofaa-sanoat majmuasidagi vaziyat böyiça ötkazilgan navbatdagi yiğilişda aytib ötdi.
“Rossiya strategik yadroviy kuçlar salohiyatini mustahkamlaş böyiça zaruriy javob çoralari köradi. Raketaga qarşi mudofaa tizimi ustida ham işlaymiz”, deb aytdi Putin.
Putin AQŞ raketa hujumiga qarşi mudofaa tizimining kengaytirilişi global barqarorlik tizimini beqarorlaştiriş uçun qaratilgan deb aytdi. Putinning aytişiça, Rossiya istalgan raketa hujumiga qarşi mudofaa tizimidan keça olişga qodir bölgan zarba beruvçi tizimlarni rivojlantiradi.






