10 va 12 noyabrda Nukus va Kegaylida körgazmali seminarlar ötkazilib, Qoraqalpoğistonning şimoliy tumanlaridagi fermer va dehqon xöjaliklarining iqlim özgarişiga çidamliligini oşiriş yöllari muhokama qilinadi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bergan.

Seminarlarni Özbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining «Özbekistonning qurğoqçil rayonlarida joylaşgan fermer va dehqon xöjaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlaş» qöşma loyihasi taşkil etmoqda.

U 2014 yilda BMTning Iqlim özgarişi haqidagi Umumiy Konventsiyasining Adaptatsiya (Moslaşiş) jamğarmasi moliyaviy kömagida Qoraqalpoğistonning iqlim özgarişlariga öta sezuvçan şimoliy hududlarida işga tuşirildi.

Loyiha amalga oşiriladigan olti yil mobaynida markaziy, viloyat va mahalliy davlat hokimiyati idoralariga, unçalik yaxşi himoyalanmagan jamiyatlar, fermer va dehqon xöjaliklariga uşbu mintaqadagi qurğoqçilikning asoratlarini bartaraf qiliş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqişga hamda ularning salbiy iqlim özgarişlariga çidamliligini oşirişga kömak beriladi.

Seminarlarda mazkur yönalişdagi faoliyatning dastlabki yili natijalari taqdim etiladi, iqlim özgarişiga moslaşuv böyiça çora-tadbirlarni rejalaştiriş, loyihalaştiriş va amalga oşiriş maqsadi bölgan gidrometeorologiya va iqlim monitoringini takomillaştiriş zarurligi tuşuntirib beriladi.

Uşbu öquv tadbirlarida asosiy e'tibor şimoliy hududlarda issiqxona xöjaliklarining rivojlaniş istiqbollari, qurğoqçilikni oldindan ogohlantiriş tizimlarini, lazer yordamida yerlarning çizmasini tuziş, suvni tejovçi texnologiyalar va köplab boşqa narsalarni joriy qilişga qaratiladi.

Seminar yakunida Nukus va Kegaylida fermer va dehqonlarga iqlim özgarişiga moslaşuv masalalari böyiça kömak beriş markazlari faoliyatini muvofiqlaştiruvçi markazlar oçiladi.