"Mançester Yunayted" jamoasining sobiq futbolçisi Roy Kin özining sobiq jamoadoşi Kriştianu Ronaldu haqida hazilomuz fikr bildirdi.

Hozirda Irlandiya terma jamoasi boş murabbiyi hisoblanadigan Roy Kin portugaliyalik uşbu futbolçining hozirgi Kriştianu Ronalduga aylanişida "özining qöli borligini" ta'kidladi.

"Ha, uni men şu darajaga olib çiqqanman va "odam" qilganman. Mensiz u yulduz böla olmasdi. Har bir futbolçi alohida munosabatni talab qiladi: kimgadir qattiq baqirib turiş kerak, kimgadir boşqaça yöl tutiş kerak.

Ronalduga deyarli baqirmaganman. Çunki, uni sökişga menda sabab bölmagan", Roy Kin.

Ma'lumot uçun, Ronaldu va Roy Kin 2003 yildan 2005 yilgaça "MYu" tarkibida birga öynaşgan.