11 noyabr kuni Afğoniston Jahon savdo taşkilotiga a'zo böliş uçun navbatdagi qadamni taşladi. Reyter naşri xabariga köra, bu haqda 161 mamlakatdan iborat taşkilotning navbatdagi majlisida ma'lum qilingan.
2016 yilning 30 iyuniga qadar Afğoniston taşkilot a'zosi sifatida ratifikatsiya qilinişi, şundan keyingi 1 oy içida esa rasman JST a'zosiga aylanişi mumkinligi aytilgan.
Mamlakat savdo vaziri keyingi oyda Nayrobida ötkaziladigan navbatdagi yiğilişda iştirok etib, tegişli hujjatlarni taqdim etişi talab qilinadi.
Bundan oldinroq, JSTga a'zo böliş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qilgan Qozoğiston va Liberiyaga qöşilib Afğoniston keyingi yilda taşkilot a'zosiga aylanişi va taşkilot a'zolari soni 161tadan 164tagaça ortişi kutiladi.
JST – jahon savdo sohasida nazorat qiliş vazifalarini amalga oşiruvçi yagona xalqaro taşkilotdir. Taşkilotning asosiy maqsadi savdo sohasini yanada liberallaştiriş va maqbul raqobat şaroitlarini ta'minlaşdan iborat. Taşkilotga 1995 yilning 1 yanvarida asos solingan, boş ofisi Jyeneva şahrida joylaşgan.
Oçiq savdolarga qiziqiş bildirib kelgan Qirğiziston va Tojikiston mazkur xalqaro taşkilotga allaqaçon a'zo bölgan.






