BMTning qoçqinlar işlari böyiça yangi oliy komissari etib italiyalik Filippo Grandi tayinlanadi, deb xabar bermoqda BMT boş kotibi Pan Gi Munning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“BMT boş kotibi taşkilotga a'zo davlatlar mintaqaviy guruhlari raislari bilan maslahatlaşuvlar natijalariga köra Boş assambleyani italiyalik Filippo Grandini BMTning qoçqinlar işlari böyiça yangi oliy komissari etib tayinlaşi haqida xabardor etdi”, deb aytdi Dyujarrik.

Grandi 2010-2014 yillar davomida falastinlik qoçqinlarga yordam beriş va işlarni taşkil etiş böyiça Yaqin Şarq agentligi boş komissari lavozimini egallagan.