Endilikda fuqarolik aviareyslari parvozlarini real vaqtda yöldoşlar orqali kuzatiş mumkin böladi. Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi buning uçun alohida çastotadan foydalanişga kelişib oldi. Bu haqda taşkilot saytida ma'lum qilindi.
1087,7–1092,3 MGts çastotasi mobil aloqa yöldoşlari orqali samolyot uzatkiçlaridan ma'lumotlarni qabul qiliş uçun ajratildi.
Xabarda aytilişiça, uşbu yangi bayonnoma “Malayziya avialiniyalari”ga tegişli MH370 samolyoti 2014 yil 8 martda radarlar ekranidan yöqolib qolgani sababli Malayziya tomondan işlab çiqildi.
MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga uçib ketayotgan Boeing 777-200 samolyoti bortida 227 yölovçi va 12 nafar ekipaj a'zosi bilan 2014 yil 8 martga ötar keçasi radarlardan yöqolib qolgan. Samolyot bilan aloqa uzilib qolgandan keyin uning keyingi taqdiri hanuzgaça noma'lumligiça qolmoqda.






