Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA/XAF) dunyo yöllarida ölimga olib keladigan holatlarni ikki barobarga qadar qisqartiriş maqsadida işçi guruh tuzdi; BMT boş qarorgohida bölib ötgan ekspertlarning birinçi majlisida dunyo yöllarida xavfsizlik darajasini oşirişga yönaltirilgan önta banddan iborat hujjat qabul qilindi.

Deklaratsiya BMT boş kotibi Pan Gi Munga taqdim etildi. Dasturdan közlangan maqsad keyingi tört yil içida yöllardagi ölim holatlarini ikki barobarga kamaytiriş, 2030 yilga qadar şaharlarda xavfsizlik va harakatçanlikni ta'minlaşdan iborat. Mazkur vazifalar sentabr oyida dunyo davlatlari yetakçilari tomonidan qabul qilingan “Barqaror rivojlaniş maqsadlari”da ham belgilangan edi.

Işlar bir neça yönalişlarda olib boriladi: infratuzilmalarni yaxşilaş, harakatlaniş vositalari xavfsizligini ta'minlaş, samaraliroq qonunçilik, tezlikning oşirilişi va mast holatda transport vositalarini boşqarişga qarşi kuraşni kuçaytiriş. Hujjatda 2020 yilga qadar barça yangi avtomobillar BMTning eng kam xavfsizlik talablariga muvofiq tarzda işlab çiqarilişi taklif qilingan.

Jumladan, standart jamlanma (komplektatsiya)ga xavfsizlik yostiqlari, antiblok tormoz tizimi (AVS) va barqarorlikning elektron nazorati (ESC) kiritilişi lozim. Maktablar yaqinida past tezlik zonalarini taşkil etiş va yöl harakati iştirokçilari himoyasi hisobga olingan yöllar loyihasini yaxşilaş ham körib çiqilmoqda. Şuningdek, hujjatda barça mamlakatlar tomonidan yöl-transport hodisalarida ölim va jarohat oliş holatlarini aniqlaş va tasdiqlaş uçun “30 kun” qoidasini qabul qilinişi zarurligi ham hujjatdan örin olgan.

FIA huruhi iştirokçilari eng kamida dunyodagi yarim davlatlarda beşta asosiy xavf omillari: tezlikning oşirilişi, mast holatda transport vositasini boşqariş, mototsikl maxsus boş kiyimidan foydalanmaslik, xavfsizlik tasmalarini taqmaslik va bolalar örindiqlari örnatilmasligi holatlarini kamaytirişga erişişni közlagan. Bugungi kunda mazkur me'yorlar dunyo aholisining faqatgina 7 foiziga nisbatan joriy etilgan.

BMT boş kotibi Pan GI Munning ma'lum qilişiça, bir yilda dunyo böyiça örtaça 1,25 million kişi yöl-transport hodisalari oqibatida halok böladi, ularning 90 foizi past va örtaça daromadli mamlakatlar hissasiga töğri keladi.