Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 11 noyabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
Qozoğiston aholisi uçun LiveJournal platformasiga kiriş imkoni 4 yildan söng qaytib berildi>>

Qozoğiston hukumati mamlakat fuqarolari uçun 2011 yilda yopib qöyilgan “Tirik jurnal” blog-platformasini qayta işga tuşirdi. Bu haqda “Gazeta.Kz” xabar bermoqda.
Gulçehra Eşonqulova familiyasini özgartirdimi?>>
Özbekistonlik taniqli aktrisa Gulçehra Eşonqulova ayni vaqtda xorijda. Uning Instagramiga özi tomonidan qöyilgan suratlardan biliş mumkinki, u Turkiyada va yolğiz emas.
Erning tuğayotgan rafiqasi yonida olgan selfisi internetda maşhurlaşib ketdi

Tuğruq xonasida öz rafiqasi farzandini dunyoga keltirayotgan holatni selfiga muhrlagan er internetni "zabt etdi".
Qirğizistonda kelinni uyidan otda olib ketiş urf bölmoqda>>

Oxirgi paytlarda qöşni Qirğizistonda töy kortejlarini yaratişda öziga xos moda paydo böldi. Ilgari turli-tuman maşinalarda kelinning uyiga keliş odat bölgan bölsa, endilikda yoş yigitlar otlarga qiziqiş bildirmoqda.
Oybek va Nigoraning nikoh töyi 21 noyabrda bölib ötişi ma'lum qilindi>>

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora 21 noyabr kuni turmuş qurişlarini ma'lum qilişdi. Ayni damda ikki yoş töyga tayyorgarlik körişmoqda va töy uçun liboslar tanlaşgan. Bu haqda Kun.uz saytiga xonandalarning ma'muri ma'lum qilgan.
Siettl hokimiyati şahardagi "saqiçli devor"ni yöq qilişga körsatma berdi>>

AQŞning Siettl şahri hukumati şahardagi maşhur "Saqiçli devor"ni yöq qiliş haqida qaror çiqardi. Bu haqda The Seattle Times naşri xabar tarqatgan.
Jyenevada puşti olmosli uzuk 28,8 mln dollarga sotildi>>

16 karatli kam uçraydigan puşti olmos Jyenevadagi Christie's auksionida 28,8 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilingan.
Kuala-Lumpurdan Toşkentga 311 dona ananas yaşirin tarzda olib kirilişi töxtatib qolindi>>

“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Toşkent xalqaro aeroportida bir neçta bojxona qoidabuzarliklari foş qilindi. Bu haqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati xabar berdi.
Janubiy Afrika iste'dodlar şousida 3 yaşar DJ ğolib böldi>>

DJ Arch Jr. taxallusli 3 yoşli bola “Janubiy Afrikada iste'dodlar bor” şousida ğalaba qozondi, deb xabar beradi The New Musical Express naşri.
Özbek xonandasi poytaxt aholisini hayratga soldi>>

Turli musiqali televizion-şoular qatnaşçisi, iste'dodli yoş ijroçi Uluğbek Xaliqov Toşkent ahlini hayratda qoldirdi. Xonanda kafe mijozlari, avtobus yölovçilari, şahar köçalaridagi piyodalar oldida çiqiş qildi.
Alibaba Böydoqlar kunining dastlabki 12 soatida 9 mlrd dollarlik tovar sotdi>>

Onlayn-savdo bilan şuğullanuvçi Alibaba kompaniyasi Xitoyda 11 noyabr – Böydoqlar kuni munosabati bilan mahsulotlarni onlayn tarzda arzon sotiş e'lon qilingandan keyin 12 soat ötib Tmall platformasi orqali 9 mlrd dollarlik tovar sotdi va ötgan yildagi rekordini yangiladi.
Brabus 700 ot kuçiga ega Mercedes-Benz GLE Coupe işlab çiqdi>>

Brabus tyuning-atelesi 700 Soupe nomini olgan “kuçlantirilgan” Mercedes-Benz GLE Coupe 63 AMG S krossoverini işlab çiqdi. Uning taqdimoti Dubaydagi motorşouda ötkazildi.
Dunyodagi eng tez maşina ixtiroçisi ming ot kuçiga ega elektrokar işlab çiqadi>>

AQŞning Hennessey Performance kompaniyasi (dunyodagi eng tezkor maşina - Venom GT’ni yaratgani bilan maşhur) elektromobil işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Jon Xennessiga tayangan holda Top Gear xabar bermoqda.
Feysbuk messenjerida telefonda döstlar rasmini topib, ularni döstlarga yuborişni taklif qiluvçi funksiya paydo böldi>>

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq Facebook özini oşkor etmaslikni istaydigan foydalanuvçilarda qarama-qarşi hislar uyğotuvçi funksiyalarni joriy qilişda davom etmoqda. Feysbuk messenjeri foydalanuvçining döstlarini smartfonga yaqinda olingan ijtimoiy tarmoqdagi fotosuratlari böyiça topişni örganib oldi.
Yaponiyaning MRJ layneri 40 yil içida ilk bor parvozga kötarildi>>

Mitsubishi Aircraft kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan MRJ yölovçi layneri özining ilk parvozini amalga oşirdi.
Finlyandiyada muhojirlarni sodda fin tilida gapirişga çaqirişmoqda>>

Finlyandiyada Puhu selkokieltä! (Sodda fin tilida gapir!) degan kampaniya boşlandi. Bundan maqsad mamlakat aholisi muhojirlar uçun soddalaştirilgan fin tilini tarğib qilişdan iborat, deb xabar bermoqda Yle.
Yaponiyada ilk bor ayollarga qiruvçi samolyotlarni boşqarişga ijozat berildi>>

Yaponiya Mudofaa vazirligi birinçi marta ayollarga milliy mudofaa havo kuçlarining qiruvçi samolyotlarini boşqarişga ruxsat berildi. Kyodo agentligining 11 noyabrda xabar berişiça, bunday çoralar avvalroq qabul qilingan mehnat bilan band ayollar sonini oşiriş töğrisidagi qonun talablariga mos ravişda amalga oşirilmoqda.






