«Liverpul» jamoasi boş murabbiyi Yurgen Klopp rahbariyatdan transferlarga sarflaş uçun özi istagan mablağni oladi.

Calciomercatoweb naşrida ma'lum qilinişiça, rahbariyat germaniyalik mutaxassisga yangi futbolçilar olib kelişi uçun 170 million yevro ajratadi.

Öz navbatida, unga yangi mavsumda Angliya çempionatida yoki YeÇLda ğolib böliş vazifasi qöyiladi.

Biroz oldinroq, Klopp öz jamoasiga "Portu"dan Kristian Teloni olib keliş niyatida ekani xabar qilingandi. Transfer huquqi "Barselona"ga tegişli bölgan 24 yoşli futbolçining narxi 11 million funtga baholangan.

Şuningdek, Klopp yangi jamoasiga özining sobiq şogirdlari, hozirda "Bavariya" hujumçisi bölgan Robert Levandovskini hamda "Borussiya D" jamoasida öynaşda davom etayotgan Per-Emerik Obameyangni taklif etişni maqsad qilgan. "Barselona"ning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Stegen ham uning qiziqişlari doirasida turibdi.