Surxondaryoda öz farzandini 5 mln sömga sotişga harakat qilgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

SVOJJDLQK departamenti Surxondaryo viloyati boşqarmasi va Qiziriq tuman bölimi xodimlari hamkorlikda fuqaro T. Qözijonovaning arizasiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda şu tumanda yaşovçi fuqaro Qöçqor Aşotov ukasi Temir Aşotov bilan 2008 yilda tuğilgan voyaga yetmagan qizi Ungal Beşimovani sotişga harakat qilgan çoğda qölga olingan.

Ular T. Qözijonovaga qizni 9 mln söm evaziga sotib olişni taklif qilgan va undan 5 mln sömni oldindan berişni söraşgan. Jinoyatçilar aynan şu pullarni oliş paytida qölga olindi.