Ukraina hududida xorijliklarni harbiy xizmatlarga qabul qiliş töğrisidagi qonun kuçga kirdi. Qonun matni 11 noyabrda Ukraina Oliy radasi saytida e'lon qilindi.
Hujjat matniga köra, u e'lon qilinganidan bir kun ötib, ya'ni 12 noyabrda kuçga kiradi.
Aniqlik kirituvçi tuşuntiriş xatida keltirilişiça, qonun Ukraina qurolli kuçlari jangovar salohiyatini oşiriş va mamlakatning Ukraina şarqida olib borilgan harbiy harakatlaridagi insoniy va moliyaviy yöqotişlarini kamaytiriş maqsadlarida qabul qilindi.
Şuningdek, qonun loyihasida xorijliklar hisobiga Ukraina mamlakatning fuqarolar safarbarligiga bölgan talabini kamaytiriş va harbiy harakatlar iştirokçilari, nogironlar va halok bölganlar oilalariga ajratiladigan tölovlar miqdorini kamaytiriş töğrisida söz boradi.
6 oktabr kuni Oliy rada xorijliklar va fuqaroligi bölmaganlarga Ukraina Qurolli kuçlari xizmatiga olişiga imkon beradigan qonunni qabul qilgan edi.






