12 noyabr kuni Yaponiyaning Soka universiteti rektori Yoşihisa Baba Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga taşrif buyurdi. Bu haqda kun.uz sayti mobil muxbiri xabar berdi.

Taşrifdan közlangan asosiy maqsad, ikki oliy ta'lim muassasasi örtasida yölga qöyilişi rejalaştirilayotgan hamkorlik memorandumi bandlarini muhokama etiş hamda ÖzDJTUda yapon tilining kelgusidagi öqitilişi böyiça muzokara olib borişdan iborat böldi.

Muloqot avvalida universitet talabalari tomonidan özbek milliy raqsi, yapon tilidagi qöşiq va raqs, yapon tili kafedrasining faoliyatiga bağişlangan maxsus videorolikdan iborat badiiy dasturlar namoyiş etildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi 13 noyabr kuni bölib ötadigan Özbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining II konferensiyasida imzolanişi kelişib olindi.