AQŞ ssenariynavislar uyuşmasi AQŞda işlangan 101 ta eng kulguli ssenariyga ega filmlar röyxatini tuzdi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter naşri. 

Röyxatning 1-öriniga Vudi Allenning 1977 yildagi “Enni Xoll” filmi loyiq deb topildi.

2-örinni 1959 yilda suratga olingan Bill Uaylderning “Jazda faqat qizlar”, 3-örinni “Suğur kuni” (1993, ssenariynavis Denni Rubin va Xarold Reymis) egalladi. 4-öringa Jyeyms Abraxams va aka-uka Tsukerlarning “Aeroplan!” (1980) komediyasi, 5-öringa 1982 yilda suratga olingan “Tutsi" filmi (Larri Gelbart va Myurrey Şizgel ssenariysi asosida) qöyildi.

Bu röyxatdan, şuningdek, quyidagi filmlar ham örin oldi: “Yoş Frankenşteyn” (1974, Mel Bruks va Jin Uaylder) – 6-örin, “Doktor Streynjlav yoki men qanday qilib hayajonlanmaslikni örgandim” (1963, Stenli Kubrik, Piter Jorj va Terri Sauzern) – 7-örin, “Monti Payton va Muqaddas Graal” – 9-örin, “Katta Lebovski” – 13-örin, “Garri Sallini uçratganda” – 15-örin.

2000 yilda Amerika kinoinstituti kino tarixidagi 100 ta eng kulguli AQŞ filmlari röyxatini tuzgandi. Bu röyxatda 1-örinni “Jazda faqat qizlar” filmi, 2-örinni “Tutsi” filmi, “Enni Xoll” esa 4-örinni egallagan edi.