Lenovo kompaniyasi oxirgi 6 yil içida sof ziyon körgani haqida ma'lumot berdi. Kompaniyada bunday salbiy natija smartfonlar savdosi pastligi bilan boğlanmoqda, deyilgan 2015-2016 moliyaviy yil 2-çoragi böyiça hisobotda.
Kompaniyaning sof ziyoni 714 mln dollarni taşkil qildi. Kompaniya 2014 yilning şu davrini 262 mln dollarlik sof daromad bilan yakunlagan edi.
Lenovo şaxsiy kompyuterlar sotişdan barqaror daromad olib keladi, biroq smartfonlar sotişda unça omadi çopmayapti, deb ta'kidlamoqda Engadget naşri. Kompaniya Motorola’ni sotib olişi hamda 300 mln dollarlik smartfonlarni sotolmagani sababli zarar körgan.
Şaxsiy kompyuterlar savdosi ham ötgan yilga nisbatan 17 foizga tuşib yetgan. Biroq bu körsatkiç kompaniyaning raqobatçilarinikidan yaxşiroq körinişga ega.
Lenovo 3200 xodimini qisqartiriş hisobiga 650 mln dollar tejaşni rejalaştirmoqda.






