AQŞ prezidenti Barak Obamaning jadvalida Antaliyada bölib ötadigan “katta yigirmatalik” (G20) sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv belgilanmagan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bu haqda AQŞ prezidentining Oq uydagi matbuot-anjumanida e'lon qilingan jadvalidan ma'lum böldi.  

Biroq Oq uyda Rossiya va AQŞ prezidentlari örtasida muzokara bölişi mumkinligi istisno qilinmayapti.

Obamaning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Syuzan Raysning aytişiça, Oq uyda bunday formatdagi köp tomonlama uçraşuvlarda bölgani kabi ikki davlat yetakçisining G20 doirasida suhbatlaşişlarişga imkon bölişi mumkinligi kutilmoqda.   

Sammit doirasida Obamaning Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan bilan uçraşuvi belgilangan.