Xitoyning Uxan şahrida bölib ötayotgan 16 yoşgaça bölgan qizlar örtasidagi futbol böyiça Osiyo çempionati guruh bosqiçining uçinçi tur öyinlaridan keyin Özbekiston terma jamoasi uyga qaytdi.

“V” guruhidan örin olgan Özbekiston U-16 ayollar terma jamoasi uçinçi turda Xitoy Taypeyga qarşi maydonga tuşib, yirik — 3:0 hisobida ğalaba qozondi.

Gollarni Mafutna Panjiyeva, Maxliyo Nazarqulova hamda Şaxnoza Qurbonova kiritişgan.

Bahrom Norsafarov boşçiligidagi jamoa musobaqaning dastlabki öyinida Yaponiyaga qarşi maydonga tuşib, 4:0 hisobida mağlub bölgandi. Undan keyingi — KXDRga qarşi öyin ham xuddi şunday hisobdagi mağlubiyat bilan tugagandi. Guruh bosqiçining sönggi turidagi ğalabadan keyin Özbekiston 3 oçko bilan öz guruhida 3-örinni egalladi va musobaqadagi iştirokini yakunladi.

"V" guruhdan Yaponiya hamda Şimoliy Koreya terma jamoalari 7tadan oçko jamğarib, yarim finalga yöl oldi. Yarim final yöllanmasini “A” guruhidan Xitoy hamda Tailand terma jamoalari ham qölga kiritdi.