"Hozirda haj ziyoratiga borişni istovçilar miqdori oşmoqda. Bu vaqtda esa Saudiya Arabistoni şaroitlarni yaxşilaş maqsadida örinlarni 20 foizga qisqartirişini ma'lum qilgan", deya ma'lum qilgan Qirğiziston Oliy muftiyati vakili Zamir Rakiyev.
Uning ma'lum qilişiça, şu tufayli Qirğizistonda yangi haj mavsumida birinçi navbatda Makka va Madina ziyorati uçun ilk bor otlanganlarning murojaati qondiriladi.
"Avval ham haj ziyoratini amalga oşirişga ulgurganlar uçun biz kiçik hajga borişni tavsiya qilamiz. Ilk marta hajga bormoqçi bölganlarda esa muammo bölmaydi", deydi Rakiyev.
Eslatib ötamiz, 2015 yilgi haj marosimi vaqtida 2 marta köngilsiz hodisa yuz berdi. Dastlab quriliş krani ziyoratçilar ustiga qulaşi, biroz ötib tiqilinç tufayli 1000ga yaqin ziyoratçi olamdan ötdi. Şu tufayli Saudiya Arabistoni Makkadagi şaroitlarni yaxşilaşga kirişgan.






