Tojikistondagi 201-Rossiya harbiy bazasida raşk tufayli Tojikiston fuqarosi Şoira Jobirova öldirildi. Bu Tojikiston va Rossiya huquq-tartibot idoralarining harbiy qömondonlik bilan hamkorlikda olib borayotgan tekşiruvlarining eng asosiy taxminidir. Bu haqda tekşiruv olib borayotgan jamoa ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.

"Bölib ötgan voqea yuzasidan olib borilgan tekşiruv doirasida jinoyat sodir etilişiga sabab bölgan turli variantlar körib çiqildi. Ulardan eng işonarlisi va asosiy variant qotillik raşk oqibatida kelib çiqqanligi aniqlandi”, - dedi teşiruv jamoasi vakili.

Uning sözlariga köra, nomi oşkor etilmagan harbiy halok bölgan ayol bilan birga 5 noyabr kuni tunda 201-bazaga kelgan va uni hujjat tekşiriş punktidagilarga öz rafiqasi, deb taniştirgan.

Vakilning axborot berişiça, “qotillikda gumonlangan harbiy xizmatçi qölga olingan va öz aybini böyniga olgan”.