Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasini Rossiya samolyoti Misrda qulagandan keyin Şarm-aş-Şayxga parvozlarni davom ettirişga çaqirdi, deb xabar bermoqda Saudi Press Agency (SPA) axborot agentligi.
“Qirol Misr sayyohlik sohasini qöllab-quvvatlaş maqsadida Saudiya avialiniyalariga Ar-Riyod va Jiddadan Şarm-aş-Şayxga parvozlarni davom ettiriş iltimosi bilan murojaat qildi”, deyilmoqda xabarda.
Agentlikning ta'kidlaşiça, qirol Misr xavfsizlik kuçlari va armiyasining mamlakatda tinçlikni ta'minlaşga qodirligiga töliq işonişini aytdi.






