Duşanbe hokimi Mahmadsaid Ubaydulloyev Duşanbe hududida jamoatçilik joylari körinişi ostida noqonuniy qurilgan, şaharsozlik, arxitektura, yonğin xavfsizligi, sanitariya va epidemiologiya talablariga javob bermaydigan noqonuniy masjidlarni buziş haqidagi qarorni imzoladi.
Şahar ma'muriyatidagi manbaning ma'lum qilişiça, qaror 7 noyabrda imzolangan. Qarorda hokim şahar tumanlari rahbarlariga arxitektura, yonğin xavfsizligi, sanitariya talablariga javob beruvçi noqonuniy qurilgan masjid binolaridan axborot texnologiyalarini örganiş markazlari yoki kiçik işlab çiqariş sexlari, madaniy-köngiloçar markazlar sifatida foydalaniş va ularda madaniyat, ta'lim, soğliqni saqlaş obektlari, huquq-tartibot muassasalarini joylaştiriş masalasini örganib çiqişni buyurgan.






