Özbekistonlik xonanda Guli Asalxöjayevaning ma'muri Ravşan Xöjayev san'atkor ovozini yöqotib qöygani haqidagi savollarga javob berdi.

“Darakçi” naşrining eslatib ötişiça, xonanda Murod Manzur bilan kuylangan duetda Asalxöjayeva özinikiga öxşamagan, xirqirdoq ovoz bilan kuylagan. Bu muxlislarning taajjubiga sabab bölgan.

“Guli ovozini yöqotgani yöq, - ta'kidladi Xöjayev. – Şunçaki Murod Manzur duetni öz ovoz tembrida, mustaqil ravişda kuylab, qöşiq tayyor bölganidan söng Gulini birga duet kuylaşga taklif qilgan. Ya'ni uşbu duet qöşiq ikki xonanda tomonidan bir vaqtning özida kuylanmagan. Guli qöşiqni öz ovoz tembrida emas, Murod Manzurning ovoz tembriga moslab kuylaşga harakat qilgani uçun ijrosi şunaqa, biroz ğalati çiqqan”.

Şu bilan birga, xonandaning ma'muri Guli Asalxöjayevaning yangi, hazilomuz ijod namunasiga qöl urgani haqida aytib ötdi.