Nigeriya, Fransiya va Livan IŞID jangarilari faolligidan eng köp xavotirlanmoqda, deb ma'lum qilmoqda 2015 yilning bahorida Statista portali ötkazgan sörovnoma ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda The Independent naşri.
IŞIDdan xavfsirayotgan davlatlar röyxatida 1-örinda Nigeriya turibdi, bu davlatda söralganlarning 85 foizi öz xavotirlarini bildirişdi. 2-örinda 81 foiz ovoz bilan Fransiya, 3-örinda 76 foiz ovoz bilan Livan turibdi.
Buyuk Britaniya va AQŞda IŞID harakatlaridan 70 foiz respondentlar xavotirlanmoqda.
Rossiya, Germaniya va Kanadada terrorçilarning harakatlaridan 60 foizdan kamroq söralganlar xavfsiramoqda.
Bu röyxatda oxirgi örinni 25 foizlik ovoz bilan Indoneziya egallamoqda, bu davlat aholisi jangarilarning harakatlaridan eng kam xavotirlanmoqda.
Bahordagi ötkazilgan sörovnomada Suriya bilan çegaradoş Turkiya aholisining 35 foizi IŞIDdan xavotirlanayotgani ma'lum bölgandi, biroq bu mamlakatda oxirgi oylarda sodir etilgan bir qator teraktlardan söng bu körsatkiç yuqoriroqni taşkil qilişi mumkin.






