«Le Mond» gazetasi jurnalisti Daniel Psenni Parij terakti bilan boğliq şov-şuvli hodisalarni tasvirga oldi.
U fojia yuz bergan vaqtda "Bataklan" teatriga yondoş binoda bölgan. U yuqori qavatda turib, xona derazasi orqali köçalardan ötayotgan, jangarilar tomonidan garovga olingan teatrdan qoçib çiqqan kişilarni tasvirga olgan.
Tasvirdan körinadiki, terrorçilar öqidan tirik qolgan parijliklar qonga belangan holda navbatdagi hujumdan qörqib qoçişmoqda. Ba'zilar esa halok bölgan döstlarini özlari bilan olib ketişga urinişadi, ba'zilar köçadagi binolar tomlariga çiqib olişga harakat qilişadi. Şuningdek, bir qança kişi teatrdan çiqib, yölda yiqilgani va jon bergani körinadi.
Eslatib ötamiz, 13 noyabr oqşomida Parijda davomli teraktlar sodir etildi.
Terrorçilar avvaliga Fransiya va Germaniya örtasidagi örtoqlik uçraşuvi bölib ötayotgan «Stad de Frans» stadioni yaqinida portlaş sodir etdi. Şundan söng, Sena daryosi böyidagi bir qator restoranlarda xörandalarga qarata öt oçildi.
Eng halokatli voqealar esa "Batlakan" teatrida yuz berdi. Kontsert vaqtida binoga kirib kelgan jangarilar 4 tomonga öt soçib, yuz nafarga yaqin kişini otib taşlab, köplab kişilarga jarohat yetkazişdi.
Sönggi rasmiy ma'lumotlarga köra, teraktlar oqibatida 128 kişi halok bölgan, 200 ga yaqin odam tan jarohati olgan.
OAVlarda esa halok bölganlar soni 153 nafar, jarohatlanganlar 250 nafarligi aytilmoqda.






