14 noyabrda Özbekiston va Rossiya örtasidagi ittifoq şartnomasi imzolanganiga 10 yil töldi. Şu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston rahbari Islom Karimovga tabrik telegarmmasi jönatdi. Bu telegramma Kremlin.ru saytiga joylaştirilgan.
Putin öz tabrigida ittifoq şartnomasi ikki davlatning turli sohalardagi özaro hamkorligi rivojlanişida muhim hujjat hisoblanişini ta'kidlagan.
"Bu hujjat Rossiya-Özbekiston munosabatlari rivojlanişida muhim buriliş nuqtasi sifatida xizmat qilgan. Uşbu şartnoma orqali davlatlarimiz turli yönalişlarda, xususan mintaqaviy va xalqaro masalalarda mustahkam hamkorlik şaroitlari yaratilgan", deyiladi xabarda.
Rossiya prezidenti ikki tomon örtasidagi munosabatlar kelgusida mustahkamlanişda davom etişi va Markaziy Osiyodagi tinçlik hamda barqarorlik ta'minlanişiga işonç bildirgan.
Qayd etiş kerakki, Rossiya ayni paytda Özbekistonning asosiy savdo hamkoridir, bu borada uning uluşi 27 foizni taşkil qiladi. Özbekiston, öz navbatida, Rossiyaning MDH hududidagi asosiy iqtisodiy şeriklaridan biri bölib, Belarus, Qozoğiston va Ukrainadan keyingi örinni egallaydi. Ötgan yili tovar aylanmasining umumiy hajmi 4 mlrd dollarni taşkil qildi. Ammo joriy yilning dastlabki tört oyida özaro savdo hajmi 29 foizga tuşib ketdi.
Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 900ga yaqin kompaniya Rossiya kapitaliga ega. Rossiyada esa 489 qöşma korxona va firmalar taşkil qilingan. Özbekistondagi eng yirik investorlar qatoriga “LUKOyl”, “Vimpelkom”, “Yevrosement Grupp” va “Gazprom” kiradi.






