Turkiyaning ateistlar (dinsizlar) uyuşmasi mamlakat hukumatini dindorlar va ateizm tarafdorlarining huquqlarini tenglaştirişga çaqiruvçi arznoma ostida 4 mingdan köproq imzo yiğdi. The Middle East Eye naşrining ma'lum qilişiça, dinsizlar pasportdagi diniy mansublik haqidagi bandning olib taşlanişi va yangi tuğilgan bolalarni musulmonlar sifatida röyxatdan ötkazişni bas qilişni talab qilmoqdalar.
“Biz qonun oldida tenghuquqlikni istaymiz. Biz e'tiqodsizlik haqida gapirganimizda bizni “diniy qadriyatlarni haqorat qiluvçilar” deb qabul qilişlarini istamaymiz”, deb aytmoqdalar arznoma mualliflari. Ular hammasi bölib 5 mingta imzo yiğmoqçi.
Uyuşma 2014 yilda Istanbulda taşkil topgan. Uyuşmaga a'zo ateistlar diniy taşkilotlarga taqlid qilib çorşanba kunlari boşpanasizlarga bepul yegulik beradilar. “Özining e'tiqodsizligi haqida oçiqçasiga gapiriş Turkiyaning köplab viloyatlarida hanuzgaça ma'qul körilmaydi, biroq ijtimoiy muhit va yon-atrofdagilarga boğliq ravişda Istanbul, Anqara va Izmir kabi yirik şaharda yaşovçi köplab ateistlar özlarining ateist ekanliklarini ommaviy ravişda tan oliş tadbirlari uyuştirib turadilar”, deb Ateizm.org forumi asosçisi Aydin Tyurkning aytgan sözlarini keltirmoqda naşr.
Rasman Turkiya dunyoviy davlat hisoblanadi, biroq Eurobarometer 2010 yilda ötkazgan sörovnomalaridan olingan ma'lumotlarga köra, Turkiyaning 94 foizi özini dindor, faqatgina bir foizi ateist deb hisoblaydi. Uyuşmaning veb-sayti 2015 yil mart oyida turk sudi tomonidan ekstremizmni avj oldiriş ayblovi bilan tösib qöyilgan.






