Ukraina prezidenti Petr Poroşenko yaqindagina mamlakat milliy politsiyasi içki xavfsizlik departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan Georgiy Grigalaşviliga Ukraina fuqaroligini beriş töğrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Siz Gruziya huquqni muhofaza qiliş tizimini isloh qiliş böyiça natijalar körsatgan edingiz, ularni Ukrainada ham namoyiş etişingiz kerak. Mahoratingiz va tartib-intizomingizga umid bildirmoqdaman”, - dedi Poroşenko.
Grigalaşvili politsiya tomonidan amalga oşiriladigan qonun buzilişlari ustidan nazorat örnatib, milliy politsiya içida poraxörlikka qarşi kuraş olib boradi.
Bundan avvalroq esa Ukraina milliy politsiyasi rahbarligiga Gruziyaning boşqa bir sobiq fuqarosi Xatiya Dekanoidze tayinlangani haqida xabar qilingan edi. U Gruziyada ta'lim vaziri lavzimida faoliyat körsatgan.






