Terroristik tahdidlarni bartaraf etiş va qoçqinlarga kömak körsatiş işlarini faqatgina butun dunyodagi kuçlarni birlaştiriş orqali amalga oşiriş mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning Antaliya provinsiyasida bölib ötayotgan G20 sammiti maydonida BRIKS davlatlari rahbarlarining norasmiy uçraşuvida aytib ötdi.
“Biz terroristik tahdidlarni bartaraf etiş va öz uylaridan ayrilgan millionlar qişilarga yordam berişni faqatgina butun dunyo hamjamiyati kuçlarini birlaştiriş orqali amalga oşiriş mumkinligini yaxşi bilamiz”, - dedi Putin.
Rossiya yetakçisining qayd etişiça, terrorizm xavfiga yaqindagina Parij şahrida barça guvoh böldi. “Jabrlangan kişilarga xayrixohlik bildiramiz, ammo har doim terroristik tahdidlariga qarşi samarali kuraşda barça kuçlarni birlaştiriş tarafdori bölib qolaveramiz, - dedi Putin öz sözida. - Albatta, bunda BMT Ustaviga mos xalqaro me'yorlar doirasida harakat qiliş lozim”.






