Keça 13 noyabr kuni Namangan şahridagi Yoşlar markazi binosida Respublika oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, örta maxsus kasb-hunar ta'limi Markazi tomonidan ötkazilgan “Yilning eng faol ma'naviyat tarğibotçisi” Respublika körik-tanlovining yakuniy bosqiçi bölib ötdi.

Tanlovda Qoraqalpoğiston Respublikasi va Toşkent şahri hamda 12 viloyatning öz hududlarida ğoliblikka erişgan kasb-hunar kollejlari direktorlarining ma'naviy ma'rifiy işlar böyiça örinbosarlari iştirok etdilar.

Iştirokçilar öquvçilar örtasida ma'naviy tarbiyaga oid törtta şart böyiça bellaşişdi. Yoş avlodni tarbiyalaşga özining munosib hissasini qöşib kelayotgan pedagoglar yiğilganlarga nafaqat öz kasbining, balki turli yönalişlardagi savol-javoblar hamda sahna madaniyatida ham yuqori darajada iqtidor egalari ekanini namoyiş etdilar.

Andijon viloyati şa'nini himoya qilgan Oltinköl iqtisodiyot kollejining ma'naviy ma'rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Zilola Toştemirova har bir şartdagi savollarga mukammal tarzda bergan javoblari hamda muassasada özi taşkil etgan “Andijon zukkolari” guruhi bilan ijro etgan sahna körinişlarini namoyiş etib, tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi.

Körik-tanlov yakunlariga köra birinçi örinni Andijon viloyati vakili Zilola Toştemirova, ikkinçi va uçinçi örinlarni mos ravişda Toşkent hamda Farğona viloyati ma'naviyatçilari egalladi.

Elmurod ERMATOV, Andijon-Namangan.