Fransiyaning Suriyadagi siyosati barça ğarb davlatlarniki içida eng samaralisii böldi. Dastlab gap Başar Asadning ketişi haqida ketgan, biroq IŞID paydo bölgandan keyin Fransiya Buyuk Britaniyadan farqli, terrorçilarga qarşi hujumlarga qöşildi, deb yozmoqda The Guardian naşri.
IŞIDning 14 noyabrda Parijdagi teraktlar uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan xabarida Parijga hujumlar “musulmonlarni halifalik yerlarida bombardimon qilganlik uçun javob” deb ta'kidlangan.
Hafta davomida Fransiya harbiy-havo kuçlari bir neça bor jangovor parvozlar amalga oşirib, IŞID infratuzilmasi – Dayr-az-Zördagi neft vişkalariga zarba berdi. Bunday hujumlar IŞIDning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazişdan iborat. Fransiya prezidenti Fransua Olland avvalroq IŞIDga qarşi zarbalar samaradorligini yanada oşiriş uçun “Şarl de Goll” aviataşuvçi kemasini Suriyaga yuborgandi.
Umumiy hisobda fransuz harbiy samolyotlari 1,3 mingga yaqin parvoz amalga oşirib, terrorçilarning 450 nişonini yöq qilgan.






