Toşkent şahridagi “Umida-Lizing” MÇJda menejyer lavozimida işlab kelgan Bekmurod Hakimov korruptsion jinoyatlarda ayblanib qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri xabar bermoqda.
Aytilişiça, MÇJ ötgan yili “Sabina-savdo” firmasi bilan şartnoma tuzib, unga köra, lizing kompaniyasi ikkinçi tomonga Nexia avtomobilini olib berişi lozim edi.
Belgilangan tartibda “Sabina-savdo” MÇJ avtomaşinaning yarim pulini tölagan. Qolgani esa lizing şartnomasi asosida tölanişi lozim edi. Avtosalondan maşina olib kelinsa ham, uni egasiga beriş muddati çözilib ketgan, negaki avtotransportni aynan B. Hakimov şahar IIBBning YHXBdan ötkazib, keyin egasiga topşirişi kerak edi.
Ikkinçi tomon rahbari Nosirjon Mamatov unga uçrab, muammoning sababini söraganida, Hakimov işni tezroq bitiriş uçun mijozidan ming dollar söragan.
Mamatov SVOJJDLQK departamentining şahar boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Unga asosan departament xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda B. Hakimov özi talab qilgan pulni olayotgan vaqtda aşyoviy dalil bilan uşlangan.






