Parijdagi teraktdan söng uşbu fojia vositasida tirikçilik qilişga urinayotgan şaxslar paydo böldi.
Tegişli xeşteg, Eyfel minorasi bilan uyğunlaştirgan “pasifik” tinçlik belgisi, Je Suis Paris şiori internetda maşhur bölib ketganidan söng onlayn dökonlarda fojiaga bağişlangan hamda şu ramzlar aks etgan futbolkalar sotuvga çiqarib yuborildi.

Arsons & Architects kompaniyasi terakt kunining özidayoq yangi kolleksiya çiqarişga qaror qildi.
“Dastlab biz kolleksiyamizni bahor oylarida çiqarmoqçi edik, lekin uning rang palitrasi Fransiya bayroğinikiga yaqinligi bois uni hoziroq saytimizdan xarid qiliş mumkin, Parijdagi döstlarimizni qöllab-quvvatlaş ramzi sifatida”, - degan xabar tarqatildi kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida.






