AQŞ Suriyadagi muxolif kuçlari koalitsiyasiga IŞIDga qarşi kuraşiş maqsadida yana bir partiya qurol-yaroğ yetkazib berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilişiça, qurol-yaroğ quruqlik marşruti böylab mamlakat şimoliga olib kirilgan. Bu jarayonda amerikalik harbiylar iştirok etmagan. Voqeaning boşqa tafsilotlari noma'lum.
Oxirgi marta AQŞ Suriya isyonçilariga şu yilning oktabr oyi boşlarida 50 tonna öq-dori yetkazib bergan edi.