Yevrokengaşdagi muhojirlar inqirozi agarda vaziyat önglanmasa, özining mavjudligini yöqotişi mumkin bölgan Şengen hududi çegaralari himoyasining zaifligini namoyiş etdi. Bu haqda Çexiya boş vazirining birinçi örinbosari va moliya vaziri Andrey Babiş ma'lum qildi.
“Biz uruş (terrorizm bilan) arafasida turibmiz, - dedi u. – Uruş vaqtida jadal harakat qiliş talab etiladi. Yevrokomissiya va Yevropa kengaşi esa bunday harakatlanişga qodir emas. Bu kabi hodisalar (Parijdagi teraktlar)dan söng Şengen hududining taşqi çegaralari (noqonuniy muhojirlar uçun) yopilmasa, jarayon ittifoqning barbod bölişi bilan yakunlanadi”,
Babiş fikriga köra, Yevrokengaş çegaralaridan qoçqinlar oqimida IŞID jangarilari ham kirib kelmoqda. Ularning maqsadi “imkon qadar köproq fuqarolarimizni öldirişdir”, deya işonç bildirmoqda vazir.
Andrey Babiş armiya va politsiyani moliyalaştiriş hajmini oşirişga ham çaqirdi.






