Ğarb yetakçilari Suriyada tinçlik örnatiş yöli Moskva orqali ötişini tan olişga majbur bölişdi, şu bois oxirgi 12 oy mobaynida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “diplomatik begona”dan mavjud muammolar yeçimini taqdim eta oladigan kişiga aylandi, deb yozadi Financial Times naşri.
Aytilişiça, Ğarb Putindan voz keça olmasligini tuşundi, şu bois uning terrorçilikka qarşi kuçlarni birlaştiriş borasidagi çaqiriqlari ortiq javobsiz qolmaydi. Şu bilan birga, maqola muallifining fikriça, har ikki tomonning sözlari va amallari örtasida jiddiy tafovut yuzaga kelişi mumkin, negaki Başar Asad taqdiri hozirgaça hal qilingan emas.
Ayni paytda AQŞ prezidenti Barak Obama Rossiyaning bu xatti-harakatlariga kömak beray demayapti. Obama Rossiya bilan munosabatlarda biroz özgariş sodir bölganini aytganiga qaramay, Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron Kreml va Oq Uy örtasidagi munosabatlar hamon sovuqligini tan oldi.






