Antalyada bölib ötgan G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga markaziy örin berildi. Bu haqda The Wall Street Journal naşrining elektron versiyasi orqali xabar qilindi.

“Putinning fikriça, Rossiyaning Ğarb davlatlari tomonidan izolyatsiya qilinişi yakun topdi; Parijdagi teraktlardan söng Rossiya prezidenti sammitdagi barça voqealar markazida turdi, - deyiladi materialda. – Putinning taxminiça, Moskvaning ğarblik hamkasblaridan uzoqlaşişi yakuniga yetmoqda, negaki Rossiyaning Suriyada davom etayotgan harbiy kampaniyasi hamda Parij voqealari Putinni Turkiyadagi sammit markaziga olib çiqib qöydi”.

“Kreml terrorçilikka qarşi kuraşni Ğarb bilan aloqalarni mustahkamlaş imkonini beruvçi eng istiqbolli sohalardan biri deb bilmoqda, - sözida davom etdi jurnalist. – Putin 2001 yil 11 sentabr kuni Oq Uyga qönğiroq qilgan birinçi yetakçi bölgan edi, va uning harakatlari Oq Uy hamda Kreml örtasida qisqa muddatli iliq munosabatlar örnatilişiga zamin yaratgan edi. Bugun esa u Parijdagi teraktlar butun dunyo davlatlari IŞIDga qarşi yagona koalitsiyaga birlaşişi lozimligini aytdi. Putin bu koalitsiyaga Asad ham kirişi lozimligini aytmoqda, ammo Ğarb Suriya yetakçisi bilan aloqa qilişdan hozirça boş tortmoqda”.