Belgiyadagi 7sur7 naşrining yozişiça, Parijda özini portlatiş orqali terakt sodir etgan Braim Abdusalom Bryussel şahridagi Molenbek kvartalidagi "Monaxini" (belgiyaçada «Les Béguines») kafesiga egalik qilgan.

Qayd etilişiça, ayni vaqtda bu kafe yopib qöyilgan. Bu kafeda huquq-tartibot organlari tomonidan ötkazilgan reyd davomida narkotik moddalar topilgan.

Eslatib ötamiz, 14 noyabrga ötar keçasi Parij şahridagi "Stad de Frans" stadioni oldida portlaş sodir etildi. Jangarilar şu vaqtda şaharning boşqa nuqtalarida 6ta terakt sodir etildi. Xususan, "Bataklan" teatrida taşrif buyuruvçilar qirğin qilindi, Sena böyidagi Le Carillon hamda Le Petit Cambodge restoranlaridagi xörandalar öqqa tutildi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, bu teraktlar tufayli 129 kişi halok bölgan va 352 kişi jarohatlangan.