Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk Independent naşriga bergan intervyusi çoğida kompaniya MacBook va iPad qurilmalarini birlaştirib gibrid devays yaratiş niyatida emasligini bildirgan.

Uning fikriça, iste'molçilar uçun buning zarurati yöq.

«Biz mijozlarimiz uçun Mac va iPad`ning birlaştirilgan talqini aslida kerak emasligiga amin böldik», — deya gapirib ötgan Kuk. Bundan taşqari, uning qayd etişiça, Apple dunyodagi eng yaxşi planşet va eng yaxşi Mac yaratişni xohlaydi. Biroq ularning ikkalasini birlaştirgan holda bunday natijaga erişib bölmaydi.

Şuningdek, Tim Kuk kompaniyaning elektrokarlar işlab çiqariş yönalişidagi faoliyatiga ham izoh berib ötdi: «Öylaşimça, yaqin bir neça yil içida avtomobil işlab çiqariş sanoatida elektrlaştiriş va avtoboşqaruv kabi bir qator özgarişlar qayd etiladi. Bunday vaziyatda foydalanuvçining interfeysiga alohida e'tibor qaratiş lozim böladi. Şunday ekan bu borada men köplab özgarişlar böladi deb öylayman».

Oldinroq, Tim Kuk iPad Pro juda köpçilik uçun noutbuk va kompyuter örnini bosayotganini ta'kidlab ötgandi.