Ötgan haftada Fransiya poytaxti Parij şahrida “Iste'dodlar salyuti” loyihasi doirasida XXIV halqaro bolalar va ösmirlar ijodi festivali bölib ötdi. “Parij, men seni sevaman!” şiori ostida bölib ötgan tadbirda dunyoning 20ga yaqin mamlakatidan 150 nafar yoş iste'dod sohiblari qatnaşdi.

Uşbu nufuzli tanlovda Qöqon şahridagi 7-bolalar musiqa va san'at maktabi öquvçisi Şerzodbek Yöldoşev “Çolğu san'ati” yönalişida faxrli birinçi örinni egalladi.

"Parij safarida ustozlarim Zarifjon Rahmatov hamda Örinboy Yöldoşev hamroh bölişdi. Aynan ularning körsatmalari va qöllab-quvvatlaşlari tufayli sahnada özimni dadil tutdim. Bastakor Muxtor Aşrafiyning “Sözsiz qöşiq” asarining doirada ijro etdim, bu ijro nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholandi", - deydi Şerzodbek.

"Şerzodbekning xalqaro festivaldagi yutuği bizni behad quvontirdi,- deydi 7-BMSM direktori Vaqqosxon Boboyev. – Yoş san'atkorlarimizning dunyo miqyosidagi nufuzli tanlovlarda qölga kiritayotgan yutuqlari zamirida muhtaram Prezidentimizning barkamol avlod tarbiyasiga katta e'tibor berayotganliklari mujassamdir.

Parijdagi xalqaro festival ğolibi, Danğara tumanidagi 13-umumiy örta ta'lim maktabining 9-sinf öquvçisi Şerzodbek Yöldoşev musiqa va san'at maktabidagi ustozlari kömagida kelasi yili Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida bölib ötadigan “Iste'dodlar salyuti” loyihasining superfinalida ham munosib qatnaşiş uçun puxta tayyorgarlik körmoqda.