Parijdagi teraktlardan söng Fransiya prezidenti Fransua Olland uning mamlakatiga qarşi uruş akti sodir etilganini aytdi, ammo NATO kodeksining beşinçi moddasidan foydalanib, alyans kuçlarini jalb qilişni lozim topmadi. Fiscal Times naşri bunining sabablariga qiziqib kördi.

NATO kodeksining beşinçi moddasiga köra, alyans tarkibidagi davlatga hujum butun alyansga hujum sifatida baholanadi, va har bir a'zo davlat hujumga uçragan tomonga harbiy yöl bilan yordam berişi şart böladi.

Ammo bu moddani faollaştiriş örniga Ollanda YeIga murojaat qilib, Lissabon kelişuvlarining 42/7-moddasini işga tuşirdi. Modda YeI davlatlaridan biriga hujum uyuştirilganida boşqalar uni qöllaşini nazarda tutadi.

Ayrim tahlilçilarning fikriça, Olland NATOga murojaat qilmaganining uç sababi bor.

Birinçidan, IŞIDga qat'iy qarşilik körsatişga qaror qilgan Fransiya Rossiya va şaxsan Vladimir Putin bilan yaqinlaşa boşlaydi. Ilgariroq Rossiya Raqqada Fransiya aviatsiyasiga kömakka kelib, IŞID pozitsiyalarini öqqa tutgan edi.

Rossiya yordamidan umidvor bölgan Olland NATOni IŞIDga qarşi kuraşga jalb qilişdan oldin jiddiy öylab köradi, deb yozadi naşr.

Ikkinçidan esa, Xofstr universiteti (AQŞ) professori Julian Kuning fikriça, Fransiya, AQŞ singari, köpdan buyon IŞIDga qarşi harbiy kuç qöllamoqda va bunda NATOning aralaşuviga hojat yöq.

Nihoyat, AQŞ NATOning Suriya böyiça yangi rezolyutsiyasini qöllamasligi mumkin. Bunda Vaşington Parijni beşinçi moddaga murojaat qiliş fikridan qaytarişga urinib körişi mumkin, negaki u Suriya ixtilofi IŞIDga qarşi tölaqonli uruş deb qabul qilinişini istamaydi.