GQ erkaklar jurnaliga intervyu bergan AQŞ prezidenti Barak Obama kelgusi saylovlarda milliarder Donald Trampga raqobatlik qilişdan xursan bölişini, biroq qonun ketma-ket uçinçi muddatga mazkur lavozimga kirişa olmasligini aytib ötdi.
“Trampga qarşi kampaniyada iştirok etiş meni quvontirar edi. Juda quvnoq bölar edi”, - deya javob berdi Obama şu haqdagi savolga.
Undan, şuningdek, ommabop “Taxtlar öyini” serialidagi qaysi qahramonni Tramp bilan soliştirişi haqida ham söraşdi.
“Öylaymanki, ularning birortasi ham bunday darajaga çiqa olmagan”, - deya hazillaşdi prezident.
Intervyuda Obama öz oilasi, basketbol va soğliqni saqlaş töğrisidagi qonun kuçga kirganidan söng sigaretni taşlaşi töğrisida sözlab berdi.
Siyosatçining sözlariga köra, prezidentlik lavozimidan ketganidan söng yöqotişi mumkin bölgan asosiy narsa istagan vaqtda xohlagan tomonga uçiş qulay bölgan Air Force One samolyotidan foydalaniş imkoniya ekanini aytib ötdi.






