Hurmatli öquvçilar, e'tiboringizga 17 noyabr kuni röy bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Moskva hayvonot boğida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi>>

Moskva hayvonot boğida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi, deyiladi muassasaning rasmiy saytida çop etilgan xabarnomada.

Video: Saudiya Arabistonidagi ğayrioddiy qum daryosi>>

Saudiya Arabistonidagi Rub al-Xali çöli örtasida daryoni eslatuvçi ğayrioddiy hodisaga guvoh bölişdi. Quyidagi videoda xuddi daryo kabi oqayotgan döl donaçalarini kaftiga olgan kişini köriş mumkin.

G20 sammitida rossiyalik jurnalistlarning yöqolgan yuki Parijdan topildi>>

Antaliyada ötgan G20 sammitidan söng, rossiyalik bir qança jurnalistlarning yuki yöqolib qoldi. Söng ular Parijdan topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” rossiyalik diplomatning ma'lumotiga asoslanib.

Toşkentliklar kamyob tabiat hodisasiga guvoh bölişdi (Foto)>>

16 noyabr kuni Toşkent şahrida yaşovçilar kam kuzatiladigan tabiat hodisasi guvohiga aylanişdi.

Amerikalik jarrohlar kuyib qolgan öt öçiruvçiga yangi yuz köçirib ötkazişdi>>

Amerikalik jarrohlar inson yuzini köçirib ötiş jarrohlik amaliyotida rekord darajadagi murakkab opretsiyani amalga oşirişdi. 26 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti vaqtida 41 yoşli yonğin öçiruvçi Patrik Xardison yuziga yangi yuz qöyiş uçun rekord darajada töqima tuşdi.

Qozoğistonda olti farzandli beva qurilişi tugallanmagan binoda yaşayotgani ma'lum böldi>>

Qozoğistonning Qarağanda viloyatida istiqomat qiladigan Janiya Gabduşeva 2014 yilda turmuş örtoği yurak xuruji tufayli vafot etganidan söng olti farzandini yolğiz, biror boşpanasi va yordamlarsiz tarbiyalaşga majbur bölib qoldi.

Maradona oziş uçun oşqozonini operatsiya qildirdi>>

Diyego Armando Maradona oşqozonida jarrohlik amaliyoti ötkazilgan şifoxonani tark etdi.

NYT: Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari transplantatsiya uçun qöllanadi>>

Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari ilgarigidek köçirib ötkazişda qöllanmoqda, vaholanki, soğliqni saqlaş vazirligi vakilining ötgan yilgi bayonotida bunday amaliyotdan voz keçilişini ta'kidlagan edi.

Metro: suriyalik qoçqin Yevropaga keliş uçun buyragini sotişga majbur böldi>>

Suriyalik qoçqin Yevropaga köçib ötişga ketgan xarajatlarni qoplaş uçun buyragini sotişga majbur böldi. Bu haqda serbiyalik gumanitar işçining sözlariga tayangan holda Metro naşri xabar bermoqda.

Yevropadagi OAVlar xatolik tufayli kanadalik suratini Parij terakti ijroçilaridan biri surati sifatida tarqatişdi>>

Kanadalik Virender Jubbal xatolik tufayli Yevropaning yirik OAVlari öquvçilariga Parijdagi terakt ijroçilaridan biri sifatida taniştirildi. Bunga uning selfilaridan biri fotomontaj qilinib, tvitter orqali tarqatilgani sabab bölgan.

Inson va maymun miyalari orasidagi asosiy farq aytildi>>

Amerikalik olimlarning işontirişiça, inson miyasini maymun miyasidan ajratib turuvçi muhim bir jihat bor. Bunda insonning eng yaqin qarindoşi hisoblanmiş şimpanze miyasi nazarda tutilmoqda. 

“007: Spektr” filmining kassa yiğimlari 500 mln dollardan ortdi>>

“007: Spektr” filmi AQŞ prokatida ikki haftadan buyon yetakçilikni boy bermayapti. Ötgan dam oliş kunlari film 35.4 mln dollar işladi.

Arnold Şvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratiş maqsadida fil qoziq tişini portlatib yubordi>>

Gollivudning maşhur aktyori Arnold Şvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratiş maqsadida fil qoziq tişini portlatib yubordi. Bu aks etgan rolik internetda paydo böldi, deb xabar bermoqda Channel24 telekanali.

Apple Watch qurilmasining yangi avlodi 2016 yilning iyun oyida çiqişi ma'lum böldi>>

Apple kompaniyasining yetkazib beruvçilaridan biri bölmiş Quanta bergan ma'lumotga köra, Apple Watch 2 “aqlli” soatlari ikkinçi çorak yakunida çiqariladi.

OAV: Messi soliq muammosi tufayli Ispaniyadan Angliyaga ketmoqçi va köproq maoş olmoqçi>>

"Barselona" jamoasining argentinalik hujumçisi Lionel Messi öz faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqçi. Bu haqda The Daily Star xabar tarqatgan.