Parij şimolidagi Sen-Deni tumanida Fransiya maxsus xizmatlari tomonidan ötkazilgan aksilterror amaliyoti vaqtida qölga tuşişni istamagan ayol terrorçi özini portlatib yuborişga ulgurgan. Bu haqda mahalliy naşrlarda xabar qilindi.

Xabarlarda aytilişiça, uşbu amaliyot davomida 3 nafar terrorçi öldirilgan, 2 nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Ular Parijda 13 noyabr kuni amalga oşirilgan teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinişadi.

Bundan oldinroq, politsiya terrorçilar yaşiringani gumon qilingan hududni örab ola boşlagani haqida xabarlar berilgandi.

Ayni vaqtda ham hududdagi binolardan biri içida terrorçilar qolayotgani taxmin qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, 13 noyabr oqşomida Parijda sodir etilgan davomli teraktlar tufayli 129 kişi halok bölgan, 352 kişi jarohatlangan. Şifoxonadagilarning 99 nafari oğir ahvolda qolmoqda.