Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelgan Pokiston boş vaziri Muhammad Navoz Şarif 18 noyabr kuni Toşkent şahridagi Mustaqillik maydoni va Samarqand şahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Uşbu siyosatçi Mustaqillik maydoniga uyuştirgan taşrifi vaqtida Mustaqillik haykali poyiga gul qöyiş marosimida iştirok etgan.
Şu kuni pokistonlik siyosatçi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga taşrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Pokiston Boş vaziriga buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ma'naviy merosi, muqaddas dinimiz rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, mustaqillik yillarida Islom Karimov rahnamoligida bu yerda amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari haqida sözlab berildi.







