Gannover şahrida Germaniya hamda Gollandiya terma jamoalari örtasidagi ötişi kerak bölgan örtoqlik öyini bekor qilindi.
Mahalliy politsiya stadion yaqinida şubhali buyum topgani haqida xabar paydo bölgaç, hududga maxsus bölinmalar yetib kelgan.
Bundan biroz oldinroq Gannover politsiyasi boşliği Folker Kluve terakt uyuştirilişi rejalaştirilayotgani haqida aytib ötgandi.
Öyinga bir neça soat qolganda stadiondan şubhali buyumlar topilgan. Natijada barça eşiklar yopildi va stadionda evakuatsiya boşlandi.
«AVD-Arena» stadioniga yaqin bölgan barça köçalarda nazorat kuçaytirilgan, stadionga kelayotgan futbolçilar avtobusi politsiya nazorati ostida xavfsiz hududga olib ketilgan.
Qayd etiş kerakki, bu öyinni tomoşa qiliş uçun Germaniya kansleri Angela Merkel kelişi rejalaştirilgandi.
Hozirça, politsiya xodimlari rasman heç narsani ma'lum qilişmadi.
Eslatib ötamiz, 13 noyabr kuni Germaniya terma jamoasining Fransiya termasi bilan Parijda ötkazilgan örtoqlik uçraşuvi vaqtida "Stad de Frans" stadioni atrofida portlaş sodir etilgan. Şundan söng, Germaniyaning Gollandiyaga qarşi öyini ötkazilişi ham söroq ostida qolgandi.
Parijdagi davomli teraktlar qurbonlari soni 129 nafar, jarohatlanganlar soni 352 nafar böldi. Şifoxonadagilarning 99 nafari oğir ahvolda qolmoqda.






