Toşkentda 17 noyabr kuni keçki soat 22:31 da kuçsiz zilzila qayd etildi. Zilzila taxminan 30 soniya davom etib turdi.

Toşkent seysmologik stansiyasida ma'lum qilinişiça, zilzila kuçi taxminan 3 ballni taşkil qilgan.

Ma'lumotlarga köra, zilzila Özbekistonning boşqa şaharlari va Qirğizistonda ham sezilgan.

Eslatib ötamiz, 26 oktabr kuni Afğoniston hududida joylaşgan Hindikuş toğlarida Toşkent vaqti bilan soat 14:09da 7,5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Yer silkinişi kuçi Hindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk şahriga qadar, şu jumladan Özbekistonning katta qismida sezilgan.

«Toşkent» markaziy seysmik stansiyasi axborotiga köra, zilzila kuçi Afğonistonga nisbatan yaqin Termiz şahrida 5,5 magnitudani taşkil etgan, Farğona vodiysida 3—4, Toşkent va Samarqand şaharlarida esa 5 magnitudaga teng bölgan.