Turkiya özining raketaga qarşi mudofaa tizimi milliy loyihasini işlab çiqişga qaror qilgani sababli qiymati 3,4 mlrd dollarlik raketaga qarşi mudofaa (RQM) tizimi uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişga tenderni bekor qilganini tasdiqladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligining 17 noyabrdagi yozma bayonotida aytildi.
RQM tizimi uçun butlovçi qismlar xarid qiliş böyiça 4 mlrd dollarlik tender 2009 yilda e'lon qilingan edi. 2013 yil sentabrda 3,4 mlrd dollar taklif qilgan Xitoyning CPMIEC kompaniyasi tenderda ğolib bölgan. Xitoy kompaniyasidan taşqari tenderda AQŞning Raytheon & Lockheed Martin konsorsiumi, Eurosam fransuz-italyan konserni va Rossiyaning “Rosoboroneksport” kompaniyalari vakillari iştirok etişgan.
Xitoy kompaniyasi tender böyiça raqobatçilaridan farqli, raketa majmualarining bir qismini Turkiyada işlab çiqariş va bu texnologiyalarni Turkiyaga beriş imkoniyatiga yöl qöygan, biroq tomonlar Turkiyaning bu loyihadagi iştiroki darajasi böyiça yakuniy kelişuvga kela olmadilar. Bundan taşqari, Xitoy kompaniyasining tender ğolibi bölişi Turkiyaga uning NATO böyiça ittifoqçilari tomonidan bosim ötkazilişini keltirib çiqardi.






