Kuçli pörtana (ştorm) 19 noyabrga ötar keçasi Amerikaning Vaşington ştati hududiga kirib keldi. Sönggi ma'lumotlarga köra, tabiiy ofat natijasida uç kişi hayotdan köz yumdi.

Jumladan, Monro şahri yaqinida daraxt qulaşi natijasida haydovçi vafot etgan, yana ikki ayol Spokan yaqinida daraxt ostida qolib hayotdan köz yumgan.

Ştat böyiça 185 ming xonadon elektr energiyasi ta'minotisiz qolgan. Noqulay ob-havo sababli ştat gubernatori Jyey Insli favqulodda holat e'lon qildi.

Vaşington şarqidagi Spokan şahri okrugida kuçli şamol sababli maktablar yopildi. Mahalliy energetika kompaniyasi uç-beş kun davomida ta'mirlaş işlari olib borilişi tufayli 115 mijozining xonadonida elektr energiyasi bölmasligidan ogohlantirdi.