Indoneziya hukumati mamlakatda ölim jazosiga vaqtinçalik moratoriy (çeklov) joriy etilişi töğrisida e'lon qildi, deya xabar berdi Daily Mail naşri.
Bu haqda 19 noyabrda bölib ötgan matbuot anjumanida mamlakat boş vaziri Luxut Panjyeytan e'lon qidi. U bunday qaror hukumatga boşqa muammolar, birinçi navbatda iqtisodiy masalalarni hal etişga yordam berişini ta'kidlab ötdi. Çunki sönggi ikki çorakda mamlakatning iqtisodiy ösiş körsatkiçlari beş foizga kamaydi. Vazirning qöşimça qilişiça, Indoneziya kambağal infratuzilmalarni qayta tiklaş uçun sarmoyalarga kuçli ehtiyoj sezmoqda.
Qayd etilişiça, ölim jazosining bekor qilinişi töğrisidagi qaror narkotik moddalar savdosida aloqador deb topilgan 8 nafar xorijlik qatl qilinganidan yetti oy ötib qabul qilindi.
Bundan avvalroq esa Indoneziyaning narkotik moddalarga qarşi kuraş agentligi orolda giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi sababli umrbod qamoq jazosiga hukm etilganlarni timsohlar qöriqlaydigan qamoqxona qurişni tavsiya qilgan edi.






