Toşkentning «Lokomotiv» futbol klubi va Özbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov oilasida 18 noyabr kuni öğil farzand dunyoga keldi. Bu haqda «Lokomotiv» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

«Bugun Ignatiy Nesterov xonadonida uç nafar qizdan keyin öğil farzand dunyoga keldi. Tabriklaymiz! Çaqaloqni umri uzoq bölsin», — deyiladi klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

Qayd etiş joiz, Ignatiy Nesterov Özbekiston milliy terma jamoasining Yamanga qarşi öyinida zaxirada qoldirilgan edi.

Ma'lumot uçun, u milliy terma jamoa tarkibida 92 marta maydonga tuşgan va terma jamoa uçun öyin ötkaziş körsatkiçi böyiça Temur Kapadze va Server Jyeparovdan söng uçinçi örinda turadi.