IŞID terrorçilik guruhi Antaliyada 15-16 noyabr kunlari ötkazilgan G20’ga a'zo davlatlar yetakçilari sammiti vaqtida teraktlar uyuştirmoqçi bölgan, deb xabar bermoqda mahalliy telekanalga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Anqarada 10 oktabrda uyuştirilgan teraktni tergov qiliş doirasida prokuratura gumon qilinuvçilarning kompyuterlarida IŞID sammit vaqtida teraktlar uyuştirişga tayyorgarlik körgani haqidagi ma'lumotlarni aniqlagan. IŞID G20 yetakçilari töxtagan mehmonxonalarda, sayyohlik majmualari va tungi klublarda xudkuşlar iştirokida teraktlar uyuştirmoqçi bölgan. Bu ma'lumot xavfsizlik boşqarmasiga berilgandan keyin, bir qator gumonlanuvçilarni qölga oliş böyiça operatsiyalar ötkazilgan. Bundan taşqari, terrorçilar 1 noyabrda Turkiyada parlament saylovlari ötkazilişiga xalaqit beriş maqsadida bir qator teraktlar uyuştirişni rejalaştirişgan.
Ma'lumot uçun, Turkiyada 10 oktabrda mamlakat tarixidagi eng yirik terakt sodir etilgan edi. Ikki nafar terrorçi-xudkuş tinç namoyiş oldidan portlaşlar uyuştirgan. Oxirga ma'lumotlarga köra, terakt oqibatida 103 kişi halok bölgan.






